Navoiy shahar 1-son BMSMda Yangi yil bayramiga bag’ishlangan “Yangi yil archasi” nomli konsert dasturi bo’lib o’tdi. Ushbu konsert dasturida maktabning teatr jamoasi tomonidan saxnalashtirilgan “Yangi yil ertagi” nomli saxna ko’rinishi namoish etildi. Bolajonlar archa atrofidan aylanishib, qo’shiqlar kuylab, raqsga tushishdi. Bayram so’ngida bolajonlarga qorbobo tomonidan sovg’alar ulashildi.