Maktab haqida

Navoiy shahar 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabi 1961 yilda tashkil topgan.

2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-910 sonli qarori hamda Navoiy shahar hokimining 2010 yil 31 iyuldagi № Q-672/07sonli qaroriga muvofiq maktabda kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi va maktab jixozlar, musiqa asboblari, kompyuter texnikasi bilan to‘liq ta’minlangan.

2011 yil sentyabrdan buyon 150 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan II tip zamonaviy 3-qavatli binoda faoliyat olib bormoqda. Ushbu ta’lim muassasasida 52 nafar pedagoglar faoliyat yuritmokda. Shulardan 25 nafari pedagog oliy ma’lumotli 27 nafari pedagog o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Ta’lim muassasasida 13 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda 466 nafar o‘quvchilarga musiqa va san’at sirlaridan to‘liq ta’lim berilmoqda.

Manzil: I.Karimov shox ko‘chasi 72 uy

Telefon 223-41-91

Faks 223-21-62

Pochta 210100

E-mail- navoiy1bmsm@umail.uz

Sayt ishlanmasi COMPASS GROUP